[REQ_ERR: COULDNT_RESOLVE_HOST] [KTrafficClient] Something is wrong. Enable debug mode to see the reason. Ko'kdala tumani Prokuratura va hamkor tashkilotlar bilan o'tkazilgan reyd tadbirlarda qonun buzilish holatlari aniqlandi. » Ko'kdala tuman hokimligi rasmiy veb-sayti
Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.


    • Ishonch telefon: +99875 230 - 14 - 59
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, U.Hayyom ko'chasi
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Ko'kdala tumani Prokuratura va hamkor tashkilotlar bilan o'tkazilgan reyd tadbirlarda qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Kun : 10-07-2024   /   ---   /   O'qildi: 92
Ko'kdala tumani Prokuratura va hamkor tashkilotlar bilan o'tkazilgan reyd tadbirlarda qonun buzilish holatlari aniqlandi.


Hozirgi kunda rivojlanib borayotgan O'zbekistonimizning qaysi sohasiga qaramaylik, yangilanish va o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin.
Shu bilan birga ehtiyojlar ham ortib bormoqda.
Shu boisdan xalqimizga elektr- energiyasini uzluksiz yetkazib berish, talabni qondirish maqsadida davlatimiz tomonidan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Sir emaski, elektr- energiyani ishlab chiqarish hamda yetkazib berish katta mablagʻ va mehnatni talab etadi.Ammo, xalqimiz orasida shunday insonlar ham borki, faqat o'zini o'ylagan holda davlatga ham, jamiyatga ham zarar yetkazmoqda.
Shu kabi noqonuniy harakatlarni aniqlash va chora ko'rish maqsadida Ko'kdala tuman Prokuraturasi va hamkor mutasaddi tashkilotlar bilan reyd tadbirlari o'tkazildi.
"Qing'ir ishning qiyig'i qirq yilda ham chiqadi"- deganlaridek, o'tkazilgan tadbir davomida elektr- energiyasi hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo'yicha 1229 million so'mlik 185 ta holat aniqlangan bo'lib, 3 ta holatda jinoyat ishi qo'zgʻatilib, 110 million so'mlik zarar undirilgan va 163 ta holat bo'yicha O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgar-
ligi to'gʻrisidagi kodeksning 
101- moddasiga asosan  javobgarlikka tortildi va 516 million so'mlik zarar undirilishi ta'minlandi.
Ana shunday reyd tadbirlar davomida Ko'kdala tumaniga qarashli To'qmor mahallasida joylashgan avtomoyka o'zboshimchalik bilan elektr hisoblagich o'rnatilgani aniqlandi , bu qoidabuzarlik bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan  va tarmoqdan ajratilgan.
Shu kabi nohalol ishlarni amalga oshirayotgan vatandoshlarimiz borligi achinarli holat ,albatta.
Bunday qonun buzilish holatlarini oldini olish va chek quyish bo'yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.


Xolmamatova Sarvinoz tayyorladi.