Rasmiy munosabat
Kun : 06-09-2024 / Yangiliklar / O'qildi: 84
Tarmoqlarda "Qumdaryo" mahallasi hududidan tumandagi 87-sonli maktabga borish yo'lini bo'yicha chiqqan murojaat yuzasidan ishchi guruh Qumdaryo mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, vaziyatni o'rganganida ushbu mahalla hududidan maktabga borish yo'li aslida murojaatda aytilgani kabi 4 km tuproq yo'l emas, balki bitta ko'cha 300 metr va ikkinchi ko'cha 400 metr, umumiy 700 metr yo'l tuproq holatida ekani aniqlandi.
Ushbu mahalla fuqarolari tashabbusli byudjet loyihasida g'olib bo'la olmaganligi sababli ushbu yo'lni davlat tomonidan asfaltlashtirib berish so'ralgan.
Fuqarolarga tashabbusli byudjet loyihalari natijalariga mahalliy hokimlik ta'sir o'tkaza olmasligi, ammo umumiy 700 metrlik maktabga borishdagi tuproq yo'l to'liq shag'allashtirib berilishi tushuntirildi.