[REQ_ERR: COULDNT_RESOLVE_HOST] [KTrafficClient] Something is wrong. Enable debug mode to see the reason. Rasmiy munosabat » Ko'kdala tuman hokimligi rasmiy veb-sayti
Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda........ Сайт временно работает в тестовом режиме........ The site is temporarily in test mode.


    • Ishonch telefon: +99875 230 - 14 - 59
    • Manzil: Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala tumani, U.Hayyom ko'chasi
    • Ish kunlari: Dushanba - Juma, soat 9:00 dan 18:00 gacha

Rasmiy munosabat

Kun : 15-11-2024   /   Umumiy o‘rta ta’lim   /   O'qildi: 122
Ijtimoiy tarmoqlarda Ko'kdala tumani Taloqtepa MFYdagi Tashabbusli byudjet loyihasi asosida qurilgan futbol maydonchasi haqida chiqqan video xabar bo'yicha shuni ma'lum qilamiz;

Ko'kdala tumani Taloqtepa MFYdagi 58-maktab hududidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qaroriga asosan va 2023-yilda tasdiqlangan manzilli dasturga binoan Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida pudratchi "XXI-ASR" xususiy korxonasi tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan, kadastr hujjatlariga ko'ra ushbu futbol maydoni haqiqatda maktab balansida, futbol maydonchasidan 2024-yil 8-yanvar kunidan buyon foydalanib kelinmoqda.

Maktab ma'muroyati va aholi o'rtasidagi o'zaro kelishuvga asosan ushbu sport maydonchasidan ertalab 08:00 dan toki 18:00 ga qadar maktab o'quvchilari, 18:00 dan 23:00 gacha esa mahalla yoshlari foydalanishi o'zaro kelishib olingan.

Ammo sport maydonchasida ba'zi yoshlar o'zaro kelishuv asosida koptok va sport anjomlari sotib olish vaji bilan sport maydonchadagi har o'yin vaqti uchun soatiga 20 ming so'mdan pul yig'ib kelingan.
Ushbu holatni aniqlashtirish maqsadida joriy yilning 12-noyabr kuni Taloqtepa mahallasidagi bir guruh yoshlarni 58-maktab direktori G'ofur Ochilov aniqlik kiritish maqsadida stadionga yig'ib, stadion xalq ovozi bilan qurilganini, pul yig'ish mumkin emasligini eslatib o'tadi.
Shu bilan birga agar pul yig'ish davom etiladigan bo'lsa buni qonuniy ro'yxatga olib, yig'ilgan puldan yaxshi o'qigan o'quvchilarni rag'batlantirish taklifini beradi.
Bu taklif umuman qo'llab-quvvatlanmagani sababli, o'zaro hech qanday pul yig'maslikka, hamda tunggi 23:00 dan keyin aholini bezovta qilmaslik uchun futbol o'yinlarini o'tkazmaslikni ta'kidlaydi.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish joizki tarmoqlarda tarqalgan 3 daqiqalik video aslida 12 daqiqalik video bo'lib, aynan aksariyat qismi kesib tashlangani uchun bu tarmoqlarda noto'g'ri fikrlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan (videoni to'liq varianti bizda mavjud)
Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi hamda Tuman MMTB rahbari boshchiligida hududda bo'lib, maktab rahbariyati bilan uchrashib, har qanday holatda ham ushbu sport majmuasida pul yig'ish holatlari qonunan mumkin emasligi va aholi vakillari orasida pul yig'ish holatlari kuzatilsa mas'ullarga xabar berish kerakligi tushuntirildi.